Only the current version so far — new entries appear as the game ships updates.
Soʻzni topping - oʻzbek tilidagi soʻz oʻyini. Harflar katakchasiga yashiringan soʻzlarni topping: gorizontal, vertikal va diagonal boʻyicha — sakkiz yoʻnalishning barchasida. 12 ta mavzu, har birida 250 bosqich - jami 3000 ta taxta, 3×3 dan 10×10 gacha.
O'yin oson boshlanadi va sekin-asta qiyinlashadi: birinchi bosqichda ikki so'z, oxirgilarida sakkizta, har o'ninchi bosqich esa - qiyin bosqich. Har topilgan soʻz uchun XP, har kun uchun seriya.
★ UCH XIL YOZUV
Oʻyin kirill, lotin va 2026-yilda qabul qilingan yangi lotin yozuvida ishlaydi. Yozuvni istalgan vaqtda almashtiring - soʻzlar, bosqichlar va yutuqlaringiz oʻz joyida qoladi. Yangi alifboni oʻrganish uchun qulay usul: ş, ç, ö, ğ harflarini oʻyinda koʻrib oʻrganasiz.
★ IMKONIYATLAR
• 12 mavzu: hayvonot olami, tabiat, taom, oila, kasb-hunar, shahar va safar, ilm, sport, sanʼat va boshqalar
• 3000 bosqich - 3×3 dan 10×10 gacha, har oʻninchisi qiyin bosqich
• Kunlik sinov – har kuni yangi maxsus taxta
• Kunlik sovgʻa va bepul maslahatlar
• Maslahat harflarni birma-bir ochib beradi
• XP, oʻyinchi darajasi va kunlik seriya
• Boʻlimlar boʻyicha statistika
• Tungi rejim, ovoz va tebranish sozlamalari
• Oʻzbek tili uchun toʻgʻri harflar: oʻ, gʻ, sh, ch — bitta katak
★ INTERNETSIZ HAM OʻYNALADI
Barcha soʻzlar va bosqichlar telefoningizda. Yoʻlda, avtobusda, navbatda — internet boʻlmasa ham oʻynayvering. Ilova yengil va tez ishga tushadi.
★ KIMLAR UCHUN
• Soʻz oʻyinlari va krossvordni yaxshi koʻradiganlar uchun
• Oʻzbek tilini oʻrganayotganlar va soʻz boyligini oshirmoqchilar uchun
• Yangi lotin alifbosiga koʻnikmoqchi boʻlganlar uchun
• Maktab oʻquvchilari, talabalar va butun oila uchun
• Bir necha daqiqa bemalol dam olmoqchi boʻlganlar uchun
★ QANDAY OʻYNALADI
1. Yozuvni tanlang: kirill, lotin yoki yangi lotin
2. Mavzu va bosqichni oching
3. Taxta ostidagi soʻzni katakchalardan topping
4. Barmoqni birinchi harfdan oxirgisigacha torting
5. Qiyin boʻlsa - maslahatdan foydalaning
6. Barcha soʻzlarni topib, keyingi bosqichga oʻting
Oʻyin bepul. Fikr va takliflaringizni ilova ichidagi “Bizga yozing” orqali yuboring - yangi soʻzlar va mavzular sizning takliflaringizdan kelib chiqib qoʻshiladi.
Sўzni topping - ўzbek tilidagi sўz ўyini. Katakchalarga yashiringan suzlarni topping: 12 ta mavzu, 3000 boskich, kirill, lotin va yangi lotin yozuvida. Internetsiz ham ўynaladi.